Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mubina 10 yoshida tug‘ilganlik guvohnamasini oldi
19:01 / 2021-08-17

Andijon viloyati Shahrixon tumani Navbahor mahallasida yashovchi Mubinaxon G‘ulomova yaqinda o‘n yoshga to‘ladi. Ota-onasining e’tiborsizligi sababli tug‘ilganligi o‘z vaqtida qayd etilmaganligi, tug‘ilganlik haqida guvohnomasi yo‘qligi sababli boshqa tengdoshlari kabi bog‘chaga bormagan, maktabga chiqayotganda ham muammoga duch kelgan. Eng yomoni, shu kungacha uning nomiga davlat shifoxonalarida kasallik varaqalari ochilmagan.

– Turmush o‘rtog‘im bilan shar’iy nikoh asosida yashab kelamiz, – deydi Mubinaning otasi G‘ofurjon Mahkamov. – Uch nafar farzandimiz bor. Qolgan farzandlarimizga “metrika”lar o‘z vaqtida olingan. Mubinaxon qizimiz 2011 yilda tug‘ilgan. U paytda men ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga ketganligim, shuningdek, qonuniy nikohimiz bo‘lmaganligi bois, uning tug‘ilganligi qayd qilinmay qolib ketgan. Oradan shuncha yil o‘tgan bo‘lsada, e’tiborsizligimmiz tufayli FXDYOga uchramaganmanmiz.

Mubinaning o‘qituvchilari har gal maktabiga borganimizda qizimning hujjatlarini to‘liq qilib qo‘yishimiz lozimligini, aks holda qator muammolar vujudga kelishi mumkinligini ko‘p bor aytishgan. Yaqinda tuman FHDYO bo‘limiga qizimizni tug‘ilganligini qayd etib, guvohnoma berishlarini so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan edik. Murojaatimiz ijobiy hal etilib, mana guvohnomani uyimizga o‘zlari olib kelib berishdi. Bundan behad xursand bo‘ldik.

[gallery-3463]

Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdurahmon Alimov tuman FHDYO bo‘limi xodimlari bilan birgalikda Mahkamovlar xonadoniga borib Mubinaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini tantanali ravishda topshirdi.

Shuningdek, shu kuni shahrixonlik tug‘ilganligi o‘z vaqtida qayd qilinmagan 3 yoshli Abubakr Ilhomjonov hamda 7 yoshli Muhammadzohid Rahimberdiyevlarga ham sayyor tartibda tug‘ilganlik haqida guvohnomalar topshirildi.

Davlat xizmatlari tuman markazining ko‘magi bilan uch oilani yillar davomida qiynab kelgan muammo bartaraf etildi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA