Muaytaychilarimiz jahon chempionatida 15 ta medalni qo‘lga kiritdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida joylashgan "Space 42 Arena" sport majmuasida muaytay bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu jahon chempionatida 100 dan ortiq davlatlardan kelgan 1500 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham 30 nafar sportchi bilan qatnashib, 2 ta oltin, 3 ta kumush, 10 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, O‘zbekiston muaytay tarixida ilk bor paramuaytay bo‘yicha sportchimiz jahon chempionatida ishtirok etib, 1-o‘rinni egalladi.
Ma’lumot o‘rnida: muaytaychilarimizni 22-31 oktyabr kunlari Manama shahri (Bahrayn)da III-o‘smirlar Osiyo o‘yinlari va 7-12 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamlik o‘yinlari kabi nufuzli musobaqalar kutmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA