Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muaytaychilarimiz ikki nufuzli turnirda 37 ta medalni qo‘lga kiritdi
10:18 / 2024-08-21

Turkiyaning Istanbul shahrida muaytay bo‘yicha I Turk davlatlari o‘rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli musobaqada 11 ta davlatdan 500 nafarga yaqin muaytaychilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Unda sportchilarimiz 6 ta oltin, 10 ta kumush, 13 ta bronza jami 29 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.  

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida muaytay bo‘yicha yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan "DUBAI OPEN" ochiq chempionatida terma jamoamiz a’zolari 5 ta oltin va 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA