Muaytaychilarimiz birinchi o‘rinni egalladi
Poytaxtimizdagi "JAR" sport-sog‘lomlashtirish majmuasida muaytayning WMF yo‘nalishi bo‘yicha havaskor sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq turniri o‘tkazildi.
Poytaxtimizdagi "JAR" sport-sog‘lomlashtirish majmuasida muaytayning WMF yo‘nalishi bo‘yicha havaskor sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq turniri o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi va mamlakatimiz muaytay (WMF) assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan turnirda sportchilarimizdan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistondan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
To‘rt yuzga yaqin muaytaychi o‘rtasida o‘tgan nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 44 oltin, 43 kumush va 70 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Tojikiston terma jamoasi 4 oltin, 3 kumush va 8 bronza bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, afg‘onistonlik sportchilar 2 oltin, 4 kumush va 7 bronza bilan shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy egalladi.
– Bunday musobaqalarning mamlakatimizda muntazam o‘tkazilishi yosh muaytaychilarimizning tajribasini yanada oshirmoqda, – deydi O‘zbekiston muaytay assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Ilhom Soqiyev. – Musobaqadan ko‘zlangan maqsad sportchilarimizning tajribasini yanada oshirish va ularni kelgusida o‘tadigan nufuzli turnirlarga puxta tayyorlashdir.