Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muaytay bo‘yicha Osiyo chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
23:39 / 2025-11-12

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida muaytay bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada 12 ta davlatdan tashrif buyurgan 8 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan 900 ga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahs olib boryapti. 

Bugun Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda muaytay bo‘yicha Osiyo va mamlakatimiz federatsiyasi vakillari so‘z olib, muaytay sportining omma orasiga dadil kirib borayotgani, uning tobora ommalashayotganidan darak berib turganini ta’kidladilar. 

[gallery-26217]

Chempionat bahslari 15 noyabrga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA