Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muassasalararo hamkorlik mustahkamlanmoqda
19:00 / 2020-02-19

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Yuristlar malakasini oshirish markazi oʻrtasida 2020-yil davomida oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” qabul qilindi.


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida kadrlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, malaka oshirish muassasalari faoliyatidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish, tizimdagi mavjud muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan fikrlar almashish maqsadida yuridik taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash muassasalari hamda buyurtmachi tashkilotlar bilan memorandumlar imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Jumladan, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti, Sudʼyalar oliy maktabi, Bojxona instituti, Notarial palata, Savdo-sanoat palatasi, Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi, A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari bilan oʻzaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Yuristlar malakasini oshirish markazi oʻrtasida 2020-yil davomida oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” qabul qilindi.