Markaziy bankning 1 noyabr holati bo‘yicha e’lon qilgan rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil oktyabr oyida tijorat banklarining jami kredit portfeli 10,6 trillion so‘mga o‘sib, 592,9 trillion so‘mga yetgan.
Shu bilan birga, banklardagi muammoli kreditlar (NPL) miqdori oy davomida 1 trillion 112 milliard so‘mga ko‘payib, 22,3 trillion so‘mni tashkil etdi. NPL o‘sishi, asosan, uchta yirik davlat bankidagi muammoli qarzlar ko‘payishi hisobiga yuz berdi.
Oktyabr oyida davlat banklarida kredit qo‘yilmalari – 6,9 trillion so‘mga, xususiy va xorijiy banklarda – 3,7 trillion so‘mga oshgan. Oy davomida muammoli kreditlar, 1,112 trillion so‘mga oshib, 22,3 trillion so‘mga yetdi.

Muammoli kreditlar ulushi jami kreditlar tarkibida 0,12 foiz bandga oshib, 3,77 foizga yetdi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, birorta bankda NPL ulushi ikki xonali ko‘rsatkichga yetmagan.
Oktyabr oyi tiklanish va o‘sishni ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ayrim yirik banklarda muammoli kreditlar keskin ko‘paygani bank portfellari sifati va risklarni boshqarishda yangi choralar zarurligini ko‘rsatmoqda. Markaziy bank muammoli kreditlar ustidan monitoringni davom ettirishini ma’lum qilgan.
Sh.Mamaturopova, O‘zA