Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muammolar yechimi faqat “Tashabbusli byudjet”dami?
10:27 / 2025-11-05

O‘zbekiston tumanining Qumbosdi mahallasi aholisi ichimlik suvi, yo‘llarning notekisligi kabi muammolardan aziyat chekib kelardi.

“Odamlar 1,5-2 chaqirim naridan suv toshib kelar edi” deyiladi hokimlik axborot xizmati xabarida. Endi ular “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lgach, 1,3 mlrd so‘mlik loyiha asosida 3 ming metr masofaga toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Shuningdek, tuman hokimligi ko‘magi va homiylik asosida yangi suv qudug‘i qazilib, suv minorasi ham o‘rnatildi. Natijada, 250 ga yaqin xonadonga ilk bor toza ichimlik suvi kirib bordi.

Shuningdek, tumanning “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida ham so‘nggi uch yil davomida ayni loyiha doirasida keng qamrovli obodonlashtirish va infratuzilmaviy ishlar amalga oshirildi.

4 ming 500 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan mahalla o‘ramida 2022–2024 yillar davomida 10,5 kilometrdan ziyod ichki yo‘llar asfaltlandi, 1,3 mlrd so‘mlik loyiha asosida elektr ta’minoti yaxshilandi. Shuningdek, 60-sonli umumta’lim maktabi mukammal ta’mirlanib, 29-maktab uchun 120 o‘rinli qo‘shimcha yangi o‘quv binosi barpo etildi va zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi.

Ha, “Tashabbusli byudjet” mablag‘lari qishloq, mahalla obodonchiligiga xizmat qilmoqda. Ammo o‘zi qo‘ygan masalaga yechim axtargan, lekin “Tashabbusli byudjet”ni yuta olmagan mahalla, qishloq muammolari qachon, qanday yo‘l bilan hal bo‘ladi?

Muhammadjon Obidov, O‘zA