Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muammolar ommaviy qabulda hal etilmoqda
17:45 / 2024-02-02

Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi mas’ullar Nurafshon shahrida aholi bilan yaqindan muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va hal etish maqsadida ommaviy qabul tashkil etildi.

Ochiq muloqotlarda sog‘liqni saqlash, kadastr, moddiy-ko‘mak, uy-joy va maishiy turmush muammolari, ta’lim, kommunal xo‘jalik, bandlik, tadbirkorlik, kredit olish kabi ko‘plab masalalar bo‘yicha fuqaroning 200 dan ziyod murojaati ko‘rib chiqildi. 

– Bizning murojaatimiz ham ijobiy hal etiladigan bo‘ldi, – deydi Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputati Usmon Jo‘rayev. – Hududimizdagi Novobod mahallasida yashovchi bundan ko‘p yillar ilgari qo‘shni Tojikiston davlatidan ko‘chib kelgan oilaning farzandlariga O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsa ham ijtimoiy yordamlar ajratilmayotgan edi. Ommaviy qabulda shu masalani rahbarlarga aytdim. Ular tegishli tartibda bu masalani nazoratga olib, oilaga yordam ko‘rsatadigan bo‘ldi. 

[gallery-15755]

Qabul davomida viloyat hokimi ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, oila, xotin-qizlar, mehnat va bandlik kabi yo‘nalishlarda murojaatchilar bilan suhbatlashib, qonuniy tartibda hal qilishga ko‘maklashdi. Ayrim fuqarolarga shu yerning o‘zida zarur tavsiyalar berildi. 

Muhimi, bu kabi ochiq va jonli muloqot orqali hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni joyida hal etish imkoni yaratilmoqda. Kelgusida viloyatning boshqa hududlarida ham bu kabi sayyor qabullar tashkil etiladi. 

A.Musayev, D.Ernazarov, (surat), O‘zA.