Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muammolar joyida bartaraf etildi
09:21 / 2023-08-18

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ullari Kogon shahar va Qorovulbozor tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tadbirlarda soliq xizmati xodimlari ushbu hududlardagi tadbirkorlarning soliq ma’murchiligi bilan bog‘liq muammolarini o‘rgandi. Ularni joyida bartaraf etishga hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek korxona ishchilarining mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorliklarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlashga e’tibor qaratdi. 

Jumladan, mas’ullar Kogon shahridagi “Optima plast invest” MCHJ, “Kogon – Rossiya Petrol” MCHJ hamda Qorovulbozor tumanidagi “Buxoro real moto” MCHJ korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishdi. Tarmoqlarning o‘ziga xos jihatlari, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashdi. 

Uchrashuvlarda tadbirkorlarga qo‘shimcha uskunalarni ishga tushirish orqali ish o‘rinlarini oshirish, past quvvatda ishlayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini to‘la quvvatga chiqarish masalalari yuzasidan zarur maslahatlar berildi. 

Zarif Komilov, O‘zA