Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muammolar deputat nazoratiga olindi
10:35 / 2022-03-26

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylangan okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh va tuman markazidan 9-10 kilometr  uzoqlikda joylashgan Bahoriston mahallasidagi 823 ta xonadonda 4 ming 455 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahalla aholisini asosan toza ichimlik suv ta’minoti qiynab keladi. Parlament deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Anvarxon Temirov mahalla faollari, mahalla raisi, hokim yordamchisi, hudud deputati bilan uchrashib, asosiy tarmoqdan ichki tarmoqqa suv tortish xususida fikr almashdi.

Shuningdek, muloqotda ishsizlikning oldini olish, ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya masalalari muhokama etildi. Har bir masala yuzasidan tegishli soha vakillariga zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Prezidentimizning 2021 yil 10 iyundagi “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga asosan davlat hususiy sherikchilik asosida ko‘plab oilaviy maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil qilingan va  qilinmoqda. O‘rganishlar davomida  Anvarxon Temirov "Pr.T.M.Jalolov" nomidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bu yerdan kelib tushgan murojaat asosida holatni o‘rgandi.

Aniqlanishicha, bog‘chada tarbiyalanuvchilar uchun bolalar maydonchasi tashkil etish, yangi mebel jihozlari tashkil etish uchun imtiyozli kredit zarur.  Mazkur masala tuman moliya bo‘limi hamda maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’ullari bilan muhokama etilib, hal etish choralari ko‘rildi. Deputat muloqot davomida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholini ichimlik suv bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish xususida mas’ullar bilan fikr almashib, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hal etish choralarini belgilab oldi.

O‘rganishlarning navbatdagi manzili "Uchqo‘rg‘on" mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Ushbu mahallaning Qirg‘iziston bilan chegaradosh “Dam” ko‘chasida 56 ta xonadon bo‘lib, bu joyda 11-sonli umumta’lim maktabining filiali mavjud. Eski shiypon o‘rnida tashkil etilgan maktab filialining bugungi holati deputat nazaridan chetda qolmadi. Kamchilik va muammolar ham  tuman hokimligi va xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari bilan atroflicha muhokama etildi. Mazkur ilm maskani joriy yilda tuman mahalliy byudjeti hisobidan ta’mirlanishi belgilandi.

Oqilxon Dadaboyev,
O‘zA