Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muammolar bilan ishlashning mahallabay tizimi samara bermoqda
13:11 / 2021-05-02

Aholi muammolari bilan ishlashning mahallabay tizimi har bir masalaga chuqurroq yondashish va ularni joyida hal qilish imkonini bermoqda.

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning Qo‘shrabod tumanining "Urganji" mahallasida tashkil etilgan sayyor qabulida odamlarning muammolari tinglanib, ularning aksariyati shu joyda hal etildi.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan Davlat xizmatlari borasida ham ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Qurbanov, tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari, tuman FHDYO mudirasi Gulchiroy Yarqulova har bir murojaat egasi bilan alohida suhbatlashib, ularni qiziqtirayotgan masalalar, muammolariga quloq tutishdi. Zamonaviy tarzda jihozlangan mobil avtobusda esa aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Bu haqda  DXA Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Qirqovul qishlog‘ida yashovchi X. Toshtemirova elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha murojaat qildi. Fuqaroning arizasi rasmiylashtirilib, qisqa muddatda hal etiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, "Chimmos" MFYda yashovchi 34 yoshli K.Ibrohimova turmush o‘rtog‘ining pasporti yo‘qligi sababli 2014 yilda tug‘ilgan farzandiga yolg‘iz ona sifatida tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirishga majbur bo‘lgani, ammo bu xatosi ayrim muammolarni keltirib chiqarayotgani bois, otalikni tiklab, qayta guvohnoma olish borasida murojaat qildi.

Urganji mahallasidan M.Ernazarova Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimida ishlash niyati borligini aytib, o‘z takliflarini o‘rtaga tashladi. Fuqaroga boshqarma boshlig‘i sohaga ishga olinish tartibi borasida huquqiy tushuntirishlar berdi hamda unga bu borada amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

– Nevaram 2019 yilda uy sharoitida tug‘ilgan, – deydi Yaxshigul Beknazarova. – Afsuski, turli sabablar bilan unga shu paytga qadar tug‘ilganlik guvohnomasini olib bera olmadik. bugungi sayyor qabulda shu muammo hal bo‘ldi. Mutaxassislar arizamni ko‘rib chiqib, shu joyda guvohnomani rasmiylashtirib berishdi.

Qabul davomida sohaga oid shu kabi ko‘plab murojaatlar joyida qabul qilindi.