Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muammoga yechim topildi
15:36 / 2026-01-29

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi aholi yillar davomida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga duch kelib kelayotgan edi. Shuningdek, Obod mahallasida o‘rnatilgan quvvati 400 kVA bo‘lgan transformator punkti aholi sonining ortib borishi sababli yetarli quvvat bera olmay, fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi hamda Mingbuloq tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hududga qo‘shimcha ravishda quvvati 250 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti o‘rnatildi.

[gallery-27363]

Natijada mavjud va yangi transformator punktlari markazlashtirilib, mahalladagi barcha iste’molchilarga elektr energiyasining barqaror va bir xilda yetkazib berilishi ta’minlandi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA