Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muammo chiqaradigan "tekin tomosha"larga chek qo‘yiladi
18:03 / 2024-07-08

Joriy yil 1 iyun sanasida ro‘y bergan ko‘ngilsiz voqealar, ya’ni "tekin o‘yinchoq va muzqaymoq g‘alvasi" hali ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmadi.

Umumiy qilib aytganda, "tekin tomosha" ilinjida to‘planganlar tufayli yuzaga kelgan muammo - tiqilinch va tirbandliklar yuzaga kelgani aholini, ayniqsa, bolajonlarni qiynab qo‘ydi. Shu bois, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaror qilindi.

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 28 iyundagi "Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi, - dedi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati xodimi, podpolkovnik Suxrob Shomansurov. -  Bunda, ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya orqali jalb qilishga cheklov qo‘yildi. Ayniqsa, mahsulot, tovar moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlandi.  

Ushbu qarordan kelib chiqqan holda tadbirkorlarga, tashkilotchilarga mas’ul ma’muriyatlarga bevosita ta’sirli choralar ham belgilandi.  

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200 - 1 - moddasiga asosan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan bevosita jarimalar belgilanadi.  

Belgilangan qoidalarga  amal qilmaganlik uchun jismoniy shaxslar BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha, yuridik shaxslar BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarimaga tortiladi.  

Endilikda tashkilotchi va ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan ob’ekt ma’muriyatiga nisbatan ham javobgarlik choralari kuchaytiriladi.

N.Abduraimova,

O‘zA