Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MTTlarning mavsumga tayyorligi o‘rganildi
08:43 / 2024-10-17

Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev 60-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi. Mazkur o‘rganish davomida maktabgacha ta’lim muassasasidagi yoqilg‘i va oziq-ovqat zaxiralari, ularning tayyorgarlik darajasi tahlil qilindi. Bu yerda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, kundalik ovqatlanish ratsioni ham nazardan chetda qolmadi.

A. Otaxo‘jayev shahardagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazib, kuz-qish mavsumida barqaror faoliyatni ta’minlash uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilishi kerakligi, muassasalarning mavsumga to‘liq tayyorligi bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishiga xizmat qilishini ta’kidladi. Mavjud muammolar muhokama qilinib, dolzarb vazifalar belgilab olindi.  

[gallery-19788]

O‘zA fotomuxbiri

Hotam MAMADALIEV olgan suratlar.