AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) hamma ishchilardan iste’foga chiqishini so‘radi. “Wall Street Journal” rasmiylarga tayanib yozishicha, muassasa xodimlariga tovon to‘lash taklifini kiritgan.
Yanvar oyi oxirida NBC telekanali Prezident Donald Tramp ma’muriyati o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqishga rozi bo‘lgan davlat xizmatchilariga sakkiz oy davomida ishsizlik nafaqasi taklif qilayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Federal amaldorlarning qariyb o‘n foizi ushbu taklifni qabul qilishi natijasida hukumat milliardlab dollarni tejab qolishi kutilayotgani ma’lum qilingan.
Xullas, MRB mazkur tashabbus doirasida xodimlarga ishdan bo‘shasa, taxminan sakkiz oylik maosh va nafaqa olishi mumkinligini aytgan birinchi razvedka agentligiga aylandi.
MRB direktori maslahatchisi Jon Retkliff aytishicha, agentlik shartli taklif olgan yosh xodimlarni ishga olishni ham to‘xtatgan. Agar nomzod departamentning yangi maqsadlari yo‘lida, masalan Xitoyga qarshi kurashish uchun zarur tajribaga ega bo‘lmasa, ayni taklif ham bekor qilinishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan.