Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MRB rahbari Isroil va Eron o‘rtasidagi vaziyat keskinlashishi mumkinligidan ogohlantirdi
19:17 / 2024-10-08

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Berns yaqin haftalarda ba’zi “tushunmovchiliklar” tufayli Isroil va Eron o‘rtasida keskinlik ortishi mumkinligini ta’kidladi.

“Blumberg” agentligi yozishicha, Berns Jorjiya shtatidagi Si-Aylendda bo‘lib o‘tgan “Cipher Brief Threat” konferensiyasida so‘zga chiqib, Isroil yoki Eron rahbarlari to‘liq miqyosdagi mojaroga intilmayapti, biroq ziddiyat avj olishi xavfi saqlanib qolmoqda, degan.

Uning fikricha, Isroil rahbariyati hozir Eron hujumiga qanday javob berish masalasini juda sinchkovlik bilan o‘rganyapti. Ushbu mamlakat Prezidenti Jo Bayden va boshqa yuqori martabali siyosatchilar bildirgan xavotirlarni hisobga oladi.

1 oktyabr kuni Eron Isroilga tarixda ikkinchi yirik raketa hujumini uyushtirdi va bu amaliyotni himoya chorasi sifatida baholadi.