Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mozambikda jangarilar hujumidan keyin 800 dan ziyod kishi bedarak yo‘qolgan
11:40 / 2021-03-31

Jangarilarning Kabu-Delgadu viloyati Palma shahriga uyushtirgan hujumidan keyin 800 dan ortiq tinch aholi vakili qayerdaligi hamon noma’lumligicha qolmoqda, deb xabar beradi mahalliy faollarning biri RIA Novostiga.

Jangarilar Palma shahriga o‘tgan haftaning chorshanba kuni hujum qilib, juma kuni shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgan edi. Ko‘pchillik mahalliy aholi jangarilardan qochib, yaqin oradagi o‘rmonlarga yashiringan.

BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi hujum qilingan hududda gumanitar vaziyat juda yomon ahvolda ekanini ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, jangarilarga qarshi jang davomida o‘nga yaqin kishi halok bo‘lgan, shu bilan birga, jangari guruhlar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, yaqin orada minglab odamlar xavfsiz joyga yetib olish uchun turli yo‘llar bilan hududni tark etishga harakat qiladi.

Palma shahrini 2 mingga yaqin xorijiy ishchilar ham tark etgani ta’kidlanmoqda.