Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘yqalam ustasi
15:33 / 2022-11-05

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining "Akademiya" galereyasida mohir rassom Sayfullo Subhonov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.

Ko‘rgazmada  rassom ustaxonasidan saralab olingan 50 dan ortiq badiiy asarlari tomoshabin e’tiboriga ilk bor namoyish etilmoqda.

XX asrning 1960–1980 yillarida O‘zbekiston tasviriy san’atiga «Mushtum» jurnali sahifalari orqali kirib kelgan rassom ijodi bugungi kunda ham mushtariylar va muxlislar e’tiborida.  

Cayfulla Subhonov 1942 yili  Buxoroda tavallud topgan. Rassomlikka bo‘lgan qiziqish bolakayda erta paydo bo‘ldi. 1960-yillarida rassom Buxoro shaharda «mo‘yqalam ustasi» degan nomga sazovor bo‘ladi. O‘zining noodatiy ifoda tiliga ega C.Subhonov ijodi badiiy tafakkur, milliy-romantik, mushohadalarga ega.

S.Subhonov asosan grafik rassom bo‘lishiga qaramay lekin uning ayrim manzaralari rassomning tabiat ko‘rinishlaridagi turli-tuman o‘zgarishlar, holatlar va hodisalarni chuqur ilg‘ab oluvchi rassom ekanligini ko‘rsatadi.

Rassom asarlari nainki O‘zbekistonda, balki xorijiy davlatlarda ham saqlanmoqda.

Tadbirning ikkinchi qismida  Badiiy akademiyaning anjumanlar zalida  rassom Sayfullo Subhonov ijodiga bag‘ishlangan katalog taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademik rassomlari, san’atshunoslar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda  S.Subhonovning ijodiy merosi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

 

      O‘zA