Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘yqalam ahlining “Fikrlar parvozi”
09:49 / 2022-12-30

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida akademiya tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan “Fikrlar parvozi” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar tasviriy san’atning chorak asrlik ijodiy rivojlanish yo‘liga nazar tashladi. Badiiy akademiya o‘tgan vaqt mobaynida qiziqarli ko‘rgazmalar, ijodiy loyihalar, biyennalelar, ko‘rik-tanlovlar, san’at haftaliklariga tashabbuskor bo‘lib kelmoqda. Ayni paytda ustoz ijodkorlar faoliyatini yanada kengroq targ‘ib  etish, yoshlarning asarlari bilan keng jamoatchilikni tanishtirishda faollik ko‘rsatmoqda. 

Badiiy akademiya raisi Akmal Nurning ta’kidlashicha, o‘tgan davr davomida nainki yurtimiz, balki xorijda ham o‘zbekistonlik rassomlar asaridan iborat ko‘plab ko‘rgazmalar namoyish etildi, ilmiy, ma’rifiy va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.  

Ko‘rgazma tasviriy san’at ixlosmandlari uchun yorqin tadbirga aylandi. Akademik-rassomlar Yanis Salpinkidi, Asliddin Isayev, Akmal Nur, Javlon Umarbekov, Sobir Rahmatov, Alisher Mirzo va boshqa ajoyib rassomlarning asarlari namoyish etildi.  

Turli uslublarda, janrlar va tasviriy san’at maktablari yo‘nalishlarida yaratilgan suratlarni bir narsa birlashtiradi: ular o‘zimizniki, har bir o‘zbekistonlik uchun tanish va yaqin.  

 

O‘zA