Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Mo‘ynoqqa madad» ekologik xayriya velomarafoni
18:10 / 2021-05-20

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan «Mo‘ynoqqa madad» ekologik xayriya velomarafoniga 21 may kun soat 9:00da Andijon viloyatining Xonobod shahrida start beriladi.

Ekologik xayriya velomarafon o‘tkazishdan maqsad mamlakatimizda velosportni ommalashtirish, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, Orolbo‘yi hududida yashayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash hamda keng jamoatchilik e’tiborini dolzarb ekologik muammolar yechimini topishga qaratishdan iborat.

Mazkur ekologik xayriya velomarafon doirasida jalb etilgan homiylik hamda xayriya mablag‘lari Mo‘ynoq tumani Ali-ovul qishlog‘ini obod qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Ekologik xayriya velomarafonida Siz ham faol ishtirok eting va Mo‘ynoqqa o‘z hissangizni qo‘shing.

O‘zbekiston ekologik partiyasi
matbuot xizmati