French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mo‘ynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoni ishtirokchilari yo‘lda
17:34 / 2021-05-21

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilayotgan “Mo‘ynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoniga Andijon viloyatining Xonobod shahrida start berildi.

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tomonidan Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda O‘zbekiston ekologik partiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan velomarafonda professional velosportchilar, havaskor hamda volontyorlar ishtirok etmoqda.

– Mazkur xayriya velomarafonini o‘tkazishdan maqsad mamlakatimizda velosportni ommalashtirish, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, Orolbo‘yi hududida yashayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash hamda keng jamoatchilik e’tiborini dolzarb ekologik muammolar yechimini topishga qaratishdan iborat, – deydi O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi ijrochi direktori Asqar Tog‘aybekov. – Tadbir doirasida jalb etilgan homiylik hamda hayriya mablag‘lari Mo‘ynoq tumanidagi Ali-ovul qishlog‘ini obod qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ayni paytda velomarafon ishtirokchilari vodiydan poytaxt viloyati tomon harakatlanmoqda.  

 

Mohigul Qosimova, O‘zA