Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘ynoqda qancha maydonda "yashil qoplamalar" barpo etilgan?
16:07 / 2022-03-10

Yashil maydonlarni kengaytirish ekologik muammolarni yumshatishning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.

Bu borada Prezidentimizning "Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning 186 ta tuman va shaharida 2022-2024 yillarda 1278 gektar, shundan 2022 yilda 584 gektar maydonda "yashil bog‘lar", 184 ta tuman va shahardagi 306 ta ob’ektda 2022-2024 yillarda 1082 gektar maydonda yangidan "yashil jamoat parklari"ni barpo etish belgilangan. 



Birgina Mo‘ynoq tumanidagi Orol dengizining qurigan tubi hududlarida joriy yilda "yashil qoplamalar" barpo etish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlari olib borilib, ekiladigan hududlar belgilangan, xaritasi va smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. O‘rmon-meliorativ tadbirlarni amalga oshirish uchun 635 nafar ishchi-xodimlar jalb etilgan.    
 
bugungi kungacha 568 tonna, shu jumladan mahalliy aholi tomonidan 382,7 tonna cho‘l o‘simliklarining urug‘lari jamg‘arildi. 68,5 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» barpo etildi, 70 gektar maydonda niholxonalar tashkil etildi.  

Shu bilan birga, 752 tonna cho‘l o‘simliklarining urug‘lari jamg‘arilib, 110 gektar maydonda saksovul niholxonalari tashkil etildi.  Bundan tashqari, 11 million dona tez o‘suvchi daraxtlarning qalamchalari ko‘chatxonalarga ekildi.   

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan "Hukumat soati"da ma’lum qilindi.    


Muhtarama Komilova, O‘zA