Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish – dolzarb masala
14:48 / 2023-10-06

Jizzax viloyatida moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish mavzusida o‘tkazilgan respublika ko‘rgazmali seminarida qishloq xo‘jaligi vaziri A.Voitov, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi rahbari Sh.Mamajanov va boshqalar respublikamiz ekin maydonlarida moyli ekinlar yetishtirish, ulardan mo‘l va sifatli hosil olish, ekin urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish aholining turmush darajasini oshirish bilan birga hududlardagi fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvolini yaxshilashiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, seminarda xorijiy davlatlardan urug‘lik keltirish miqdorini yanada kamaytirish maqsadida moyli ekinlaridan takroriy ekin sifatida keng foydalanish, ishlab chiqarish hajmini oshirish borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotganligi ham qayd etib o‘tildi.

– Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirishda ham o‘ziga yarasha katta hikmat bor, – deydi Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Oybek Ashurmatov. – Mamlakatimizda, jumladan Jizzax viloyatida ham suvni kam talab qiluvchi moyli ekinlar maydonlari kengaytirilishi, ushbu ekinlardan tayyorlanadigan mahsulotlar hajmini ko‘paytirish aholining yog‘-moy mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirib, chorvachilikning izchil rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Moyli ekinlarning urug‘larini qayta ishlab, yog‘ olish jarayonida hosil bo‘lgan kunjara va shrot oqsilga boy va ular chorva mollari uchun sifatli va to‘yimli ozuqa hisoblanadi.

Moyli ekinlardan tibbiyotda dori vositalari olinayotgani, ulardan sanoatda, qurilishda, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi texnikalarida keng foydalanilayotganini ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Bundan tashqari, seminarda moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish natijasida 2024 yilda aholining o‘simlik yog‘iga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan rejalar tuzilib, aniq maqsadlar belgilab olindi.

Anjumanda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri