French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MOXI va Turkmaniston TIV Xalqaro munosabatlar instituti o‘rtasida Bitim imzolandi
00:20 / 2022-07-15

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi.

Hujjatda o‘zaro tashriflar, aloqalar, tajriba va fikr almashishni qo‘llab-quvvatlash, qator sohalarda hamkorlikning barqaror mexanizmini yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan. 

Kelishuvga ko‘ra, hamkorlar endi birgalikdagi siyosiy, ijtimoiy-madaniy, gumanitar fanlar bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi, mintaqaviy xavfsizlik muammolarini o‘rganadi, forum, seminar, konferensiya, davra suhbati, brifing tashkil etadi. Shuningdek, yiliga bir marta videokonferensiya orqali maslahat uchrashuvi o‘tkazadi.

Eslatib ztamiz, 12 iyul kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida “O‘zbekiston va Turkmaniston: hamkorlikning yangi tarixiy bosqichida rivojlanish istiqboli” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tgan edi.
 

G‘.Xonnazarov,
O‘zA