Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moturudiya taʼlimotini oʻrganish bugun ham ahamiyatli
12:06 / 2020-03-02

3-5-mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya taʼlimoti: oʻtmish va bugun” mavzuidagi xalqaro konferensiya oʻtkazilmoqda.

3-5-mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya taʼlimoti: oʻtmish va bugun” mavzuidagi xalqaro konferensiya oʻtkazilmoqda.

Mazkur nufuzli tadbirda dunyoning yigmirmaga yaqin mamlakatidan olimlar, diniy ulamolar ishtirok etmoqda. Muxbirimiz anjuman qatnashchilarining fikrlari bilan qiziqdi.


Ahmad Tamim, Ukraina bosh imom xatibi, muftiysi:

- Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya taʼlimoti: oʻtmish va bugun” mavzuidagi xalqaro anjumanda ishtirok etish men uchun ulkan sharaf.

Samarqandning Moturid qishlogʻida tugʻilib oʻsgan bu buyuk imom hadis va fiqh ilmining ravnaqiga ulkan hissa qoʻshgan. Imom Moturidiy nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun islom olamida oʻz munosib oʻrniga ega boʻlgan diniy arboblardan hisoblanadi. Chunki, alloma yashagan davrda, islom dinida turli guruh va firqalar soni koʻpayib ketganligi sababli koʻplab ixtiloflar kelib chiqqan. Ana shunday vaziyatda Imom Moturidiy islom dinning asl mohiyatini ochib berish, sof islomiy aqidani saqlab qolish borasida beqiyos ishlarni amalga oshirgan.

Bu ilmiy merosini oʻrganish va keng targʻib etish bugungi kun uchun ham muhim ahamiyat kasb etib, mazkur konferensiya bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.