Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi
15:49 / 2026-01-14

Tinch yurtga bayramlar yarashadi, deydi dono xalqimiz. Ammo bu tinchlik, osoyishtalik va farovon hayot qanday buyuk qurbonliklar evaziga qo‘lga kiritilgani hech qachon unutilmasligi lozim.

Ana shu ezgu g‘oyalar mujassam bo‘lgan muqaddas maskan – Qarshi shahridagi “Motamsaro ona” haykali poyiga bugun keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimligi, tashkilot va korxonalar, muassasalar rahbarlari, harbiy qismlar qo‘mondonlari, faxriylar hamda fuqarolar ishtirok etdi. Harbiy orkestrning tantanali sadolari ostida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Ushbu marosim Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilgan mard o‘g‘lonlar xotirasiga bo‘lgan chuqur ehtirom, tinchlik ne’matining qadrini anglash va uni asrab-avaylashga bo‘lgan qat’iy irodaning ramzi bo‘ldi. “Motamsaro ona” timsoli har bir qalbga bir tuyg‘uni eslatadi: tinchlik uchun biz nima qilyapmiz?

[gallery-27113]

Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz mamlakat xavfsizligini ta’minlash, yurtimiz osmonini musaffo saqlash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. Ana shu jasorat, sadoqat va mas’uliyat tuyg‘usi kelajak avlodga ham ibrat bo‘lib xizmat qiladi. Gulchambarlar qo‘yish marosimi esa xalqimiz xotirasida o‘chmas iz qoldirgan qahramonlarga ehtirom, hozirgi avlodning minnatdorlik izhori sifatida yuraklarga chuqur o‘rnashdi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari