Ko‘hna va boqiy Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni alohida tayyorgarlik va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Buxoro viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Botir Zaripov, janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Milliy gvardiya, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning viloyat boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, ta’lim muassasalari, davlat, jamoatchilik va yoshlar tashkilotlarining vakillari ishtirokida Buxoro shahridagi Motamsaro ona haykali poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab viloyat rahbari boshchiligidagi sektorlar rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat ko‘rsatildi. Shuningdek, turli boshqarmalar, jamoat tashkilotlari vakillari ham haykal poyiga gullar qo‘ydi.
[gallery-27111]
Shukurki, bugun mamlakatimiz tinch-osoyishta. O‘g‘il-qizlar sog‘-salomat, ota-onalarning ko‘nglida halovat. Vatan himoyachilari kuni esa bizni shu osuda hayotning qadriga yetishga, barcha xalqlar bilan do‘st va hamkor bo‘lib, yorug‘ kelajak bunyod etishga da’vat qiladi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.