French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Motamsaro ona haykali poyi gullar bilan to‘ldi
17:15 / 2021-01-14

Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni katta ko‘tarinkilik bilan bayram qilinmoqda.

 Xalqimiz uchun qadrli va ulug‘ bayramda Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish yaxshi an’anaga aylangan. 

[gallery-785]

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Sh. Abdurazzoqov, Milliy gvardiya, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning viloyat boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar ishtirokida Motamsaro ona haykali poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosim avvalida, harbiy qismlar vakillarining hamda jangovar texnikalarning harbiy marshi hamda davlatimiz bayrog‘i bilan bezalgan avtomobil va mototsikllardan iborat paradning ko‘rgazmali yurishi o‘tkazildi. 

 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA