Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni topshirildi
18:14 / 2026-03-04

Xalqimizda ayol-qizlarga qadimdan aziz va mo‘’tabar deb qaralgan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keyingi yillarda ayollarga ehtirom ko‘rsatish borasidagi ishlar yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi.

“Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonining ta’sis etilgani mehnat, ijod va izlanishda, farzandlar tarbiyasida ko‘pchilikka ibrat bo‘layotgan ayollarga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir amaliy namunasidir.

[gallery-27968]

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida mazkur ko‘krak nishoniga joriy yilda sazovor bo‘lgan ayollarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida mamlakatimizda ayol-qizlarni ardoqlash, ularni kuchli ijtimoiy himoya qilishning yangi, amaliy mexanizmi yaratildi. Ayollarni o‘ylantirayotgan masalalar joylarda hal etilishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Oliy ta’limda qizlarning qamrovi keskin oshdi. Ilm-fan, adabiyot, san’at, ishlab chiqarish, agrar soha va tadbirkorlik yo‘nalishida mehnat qilayotgan opa-singillarimizning xizmati munosib rag‘bat va e’tirofga sazovor bo‘lmoqda.

Bu jarayonda “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonining ta’sis etilgani oqila, g‘ayratli, mehnatsevar ayollarimizni sharaflashda, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda.

[gallery-27969]

Joriy yil ham mamlakatimiz ayollarining katta guruhi ana shu ko‘krak nishonga munosib ko‘rildi. E’tiborga molik jihati shundaki, ular safida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zA Tarjima tahririyatining yetakchi tarjimoni Nigora Yusupova ham bor. Zero, o‘z ishining ustasi bo‘lgan Nigora opa qisqa fursatda jamoada obro‘-e’tibor qozondi, mehnatlari yuksak e’tirof etildi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonini o‘z egalariga topshirdi.

Mukofotlanganlar ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va e’zoz uchun minnatdorlik bildirdilar.

Nazokat Usmonova, Sarvar O‘rmonov (surat), O‘zA muxbirlari