English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Mossad" rahbari: Rossiya Eronga qurol berishidan xavotirdamiz
09:55 / 2023-09-11

"Isroil Rossiyaning Eronga ehtimoliy qurol-aslaha yetkazib berayotgani tufayli xavotirga tushyapti, bu davlat xavfsizligiga tahdid, dedi "Mossad" razvedka tashkiloti rahbari David Barnea Rayxman universitetida aksilterror siyosatiga bag‘ishlangan konferensiyadagi chiqishida. U Eronning mintaqadagi mavqei kuchayib borayotganini qayd etdi.

Barnea taxminiga ko‘ra, Eron va davlat yetakchilari xalqlar oilasiga qo‘shilish va baland mavqega ega bo‘lishi umidida "dunyoga ma’rifatli mamlakat suratini sotishga harakat qilmoqda”.

“Bu maqsad va davlat himoyasidagi terror bir-biriga mos kelmaydi, ammo sun’iy yo‘ldoshdan foydalanish Eronga yashirinish imkonini beradi. Biz bu voqeadan umuman ta’sirlanmadik”, deb qo‘shimcha qildi u.

 "Mossad" rahbari qayd etishicha, “Eronliklar Rossiyaga uchuvchisiz boshqariladigan uchoq sotmoqda. Bundan tashqari, Isroil qisqa va uzoq masofaga uchadigan raketa sotish rejalantgani va keyinchalik bekor qilinganidan xabardor. Yaqin orada bu ikki davlat o‘rtasidagi boshqa bitimlar ham bekor bo‘ladi.

Rossiyaliklar Eronga qurol-aslaha, xom-ashyo yetkazib berib, Isroilni tahdid ostiga qo‘ymoqda”.

Moskva va Tehron Eronning Rossiyaga Ukrainadagi ziddiyatda foydalanishi uchun uchuvchisiz uchoq yetkazib berishiga oid taxminni rad etib chiqqan.

O‘zA