Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moskvadagi Tretyakov galereyasida oʻzbek filmlari namoyishi etiladi
08:04 / 2020-08-08

Joriy yilning avgust-sentyabr oylarida Moskvadagi Tretyakov galereyasi kinomarkazida oʻzbek filmlari namoyish etiladi.


Joriy yilning avgust-sentyabr oylarida Moskvadagi Tretyakov galereyasi kinomarkazida oʻzbek filmlari namoyish etiladi, deya xabar bermoqda “Oʻzbekkino” milliy agentligi Axborot xizmati.

Unda oʻzbek kinosining “yangi toʻlqiniga” (1960–1970-yillar) mansub boʻlgan kinorejissyorlar – Shuhrat Abbosov, Ali Hamroyev, Qamara Kamolova, Elyor Ishmuhamedovlarning ijodlaridan namunalar taqdim etilishi koʻzda tutilgan.

Filmlar Rossiya Federatsiyasi Davlat film fondida saqlanayotgan kinoplyonkalardagi nusxalaridan olinadi. Ayni paytda Respublika kinofondi DUK Rossiya Federatsiyasi Davlat kinofilm fondi bilan oʻzbek kinosining oltin merosiga aylangan Nabi Rahimlvning “Tohir va Zuhra”, Shuhrat Abbosovning “Mahallada duv-duv gap”, Qamara Kamolovaning “Achchiq danak”, Melis Abzalovning “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, Zulfiqor Musoqovning “Abdullajon” filmlarini raqamlashtirish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.