Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moskvada oʻtkazilgan “Invest in Rising Uzbekistan” biznes-seminari
18:27 / 2020-02-14

JETROning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari D.Takaxashi Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlar va Yaponiya kompaniyalarining biznesi uchun imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼruza qildi.


Moskvada Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) bilan hamkorlikda yapon kompaniyalarini Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida biznes-seminar tashkil etildi.

Seminarda MDH davlatlarida biznesni rivojlantirish bilan shugʻullanuvchi va Oʻzbekiston bozorida faoliyat koʻrsatishga qiziqish bildirgan yapon kompaniyalarining Rossiyadagi boʻlinmalarining 35 nafar vakili ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilariga Oʻzbekistonning oʻsib borayotgan bozorining jozibadorligi va salohiyati hamda biznes yuritishning afzalliklari va investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

photo5346273422482713440.jpg

JETROning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari D.Takaxashi Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlar va Yaponiya kompaniyalarining biznesi uchun imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼruza qildi.

Shu bilan birga, “SBI Holdings”, “Mitsubishi Corpoartion”, “Sumitomo Corpoartion”, “Mitsui & Co.”, “JCB”, “Mizuho Bank”, “Tokyo Marine”, “Nikkei”, “Deloitte”, “Ernst & Young” i “PWC” vakolatxonalari rahbarlari bilan investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari va bu yoʻnalishdagi aniq choralar muhokama qilindi.