Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moskvada ko‘chada qolgan andijonlik ayol masalasi nazoratga olindi
12:40 / 2020-01-22

Ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik Munira Usmonova ikki nafar yosh go‘dagi bilan Moskvada ko‘chada qoldi, mazmunida xabar tarqaldi.


Ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik Munira Usmonova ikki nafar yosh go‘dagi bilan Moskvada ko‘chada qoldi, mazmunida xabar tarqaldi.

Qayd etilishicha, olti yil avval eriga ishonib Rossiyaga borgan ayolning hozir ahvoli tang: katta shaharda na biron tanishi, qo‘lida na o‘zining, va farzandlarining hujjati bor, na oziq-ovqati va na puli bor. 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, ushbu ayol masalasi nazoratga olingan. Moskvadagi O‘zbekiston konsulligiga rasmiy xat yuborilib, M.Usmonovaning hujjatlarini to‘g‘irlash va uni yurtimizga qaytarish choralarini ko‘rish so‘ralgan. Shu bilan birga, ayolga va yana boshqa zarur moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari ham ko‘rilmoqda.