Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Moskva Yevropa mamlakatlari bilan ziddiyatda, Xitoyga yaqindashmoqda"
09:25 / 2021-04-21

Moskva va Vashingtonning qarashlaridagi ziddiyat Rossiyaning Xitoy tomon intilishiga zamin hozirlaydi.

Yevropa mamlakatlari parlament assambleyasi sessiyasida Germaniya kansleri Angela Merkel shunday fikr bildirdi.  

Siyosatchining aytishicha, Moskva Pekinga yaqinlashmoqda, ayni paytda u Yevropa mamlakatlari bilan ham ziddiyatda.  

“Mana shunday murakkabliklarga qaramasdan, Rossiya bilan, jumladan, savdo sohasidagi hamkorlikni to‘xtatmaslik, u bilan muloqot yo‘llarini yopib qo‘ymaslik lozim”, dedi kansler videoanjumanda.

TASS xabariga ko‘ra, hukumat rahbari “Shimoliy oqim-2” tegrasida “siyosiy kurash” borayotganini e’tirof etib, mavjud ziddiyatga qaramasdan, Berlin bu qurilishni yoqlab qaror chiqarganini ta’kidladi.