Moskva yaqinida halokatga uchragan samolyotning «Qora qutisi» bugun tadqiq qilinadi
Rossiya poytaxti Moskva yaqinida halokatga uchragan uch nafar uchuvchi bo‘lgan «Il-112V» samolyotining qora qutisi topildi. «TASS» xabar berishicha, halokat joyidan parametrik va ovoz yozuvlari muhrlangan qurilma topilgan.
«Unga bir qadar zarar yetgani ko‘rinib turibdi, lekin, har holda yozuvlarni o‘rganish mumkin», deyiladi manbada.
Yozuvlarni tadqiq qilish bugun – 19 avgustdan boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, mazkur samolyot Kubinka aerodromidagi mashg‘ulotlar parvozi chog‘ida halokatga uchragan.