Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moskva viloyatida O‘zbek va rus modernizmi namoyishi (+video)
14:56 / 2025-05-29

Moskva viloyati Istra shahridagi “Yangi quddus” davlat san’at muzeyida o‘zbek-rus modernizmining ochilmagan qirralarini keng jamoatchilikka namoyish etish maqsadida “Olamlar orasidagi nur” nomli ko‘rgazma ish boshlamoqda.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu ekspozitsiya XX asrning 20–30 yillaridagi ikkita yirik san’at muzey kolleksiyalarini birlashtirgan ilk xalqaro loyihadir.

Namoyishga “Yangi quddus” muzeyi va Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyi kolleksiyalariga mansub 40 nafar rassomning 160 dan ziyod rangtasvir va grafik asarlari kiritilgan.

“Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasi eshiklari 2025 yil 30 maydan 8 noyabrga qadar san’at ixlosmandlari uchun ochiq bo‘ladi.

Keyinroq ko‘rgazma xususida batafsil reportajlar beramiz. Bizni kuzatib boring!

<iframe width="482" height="857" src="https://www.youtube.com/embed/0Uk4GyzfbNI" title="Moskva viloyatida O‘zbek va rus modernizmi namoyishi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

B.Xudoyberdiyev, A.Ahmedov (surat, video), O‘zA