Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moskva Suriya bo‘yicha AQSH bilan muloqotga tayyor
15:24 / 2022-09-19

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov dushanba kuni Moskva Suriya bo‘yicha AQSH bilan muloqotga tayyorligini aytdi. Bu haqida RIA Novosti ma’lum qilmoqda.

“Ehtimol, harbiylar chizig‘ida qandaydir aloqalar mavjud va biz bunday aloqalarga doim tayyormiz”, – dedi Bogdanov jurnalistlarga. Uning qayd etishicha, AQSH Ostona formatidagi uchrashuvlarga kuzatuvchi sifatida taklif etilgan. “Ammo ular oxirgi paytlarda betaraf qolishmoqda”, – deya qo‘shimcha qildi Bogdanov.