Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moskva bilan istiqbolli hamkorlik rivojlanadi
16:10 / 2024-10-24

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Moskva kunlari doirasida konferensiya tashkil etildi.

Unda Moskva va Toshkent o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari, hamkorlikning rivojlanish istiqbollari haqida so‘z bordi.   

Tadbirda Moskva shahrining tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Sergey Cheryomin o‘zbekistonlik tadbirkorlarni Moskvada biznes boshlashga taklif qildi va qator imtiyozlar haqida aytib o‘tdi.    

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sanjar Tojiyev Toshkent va Moskva o‘rtasidagi  hamkorlik ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun muhim ekanini ta’kidladi.     

Konferensiya davomida biznes va ta’lim muassasalari vakillari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish, muvaffaqiyatli tajriba almashish hamda ikki tomonlama hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni yaratish maqsadida konstruktiv muloqot o‘tkazildi.   

Gulnoza Boboyeva, O‘zA