Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moskva aeroportlarida chet el fuqarolarini tekshirish takomillashadi
12:19 / 2024-09-21

Shu yil 1 dekabrdan boshlab Moskva aeroportlarida Rossiyaga kirib kelayotgan xorij fuqarolarini foto va daktiloskopiya orqali tekshiruvdan o‘tkazish sinab ko‘rila boshlaydi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy “Kommersant” gazetasiga ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur uslub sinovidan so‘ng hukumat FXX bilan birga tizimni barcha chegaradan o‘tish nuqtalariga o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Eksperiment o‘tkazish uchun Moskva tanlanishi poytaxtning “xorijlik fuqarolarni o‘ziga tortuvchi an’anaviy markaz, yirik transport tarmog‘iga ega manzil” maqomiga egaligi bilan asoslangan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil dekabridan ushbu davlatda mehnat muhojirlari va Rossiyada uzoq vaqt qolishni rejalashtirayotgan chet el fuqarolari daktiloskopiyadan o‘tishi, suratga olinishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishini talab etuvchi o‘zgarish kuchga kirgan. Mehnat muhojirlari amaliyotni 30 kun ichida, boshqa toifa chet elliklar esa 3 oy mobaynida bajarishi kerak. Belarus fuqarolari, olti yoshgacha bolalar, xalqaro tashkilotlar mansabdor shaxslari hamda diplomatik va xizmat pasporti bo‘lgan shaxslar bundan mustasno.

Daktiloskopiyadan o‘tgach, mehnat muhojirlari foto va barmoq izini aks ettiradigan chipli patentni qo‘lga kiritadi.

O‘zA