English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Moskva aeroportlarida aviaqatnovlar bekor qilinmoqda
11:47 / 2019-05-07

Bugun tongdan Moskva aeroportlarida 20 dan ziyod aviaqatnov bekor qilingan.


Bugun tongdan Moskva aeroportlarida 20 dan ziyod aviaqatnov bekor qilingan.

“Yandeks.Raspisaniya“ning Moskva vaqti bilan 7:55dagi ma’lumotlariga ko‘ra, “Vnukovo“ 3 ta, “Sheremetevo“ 12 ta “Domodedovo“da 5 ta aviaqatnov to‘xtatilgan, 8 tasi bekor qilingan. 

5 may kuni tunda “Aeroflot“ aviakompaniyasining Moskvadan Murmanskga otlangan “Sukhoi Superjet 100 “ samolyoti parvozning 28 daqiqasida “Sheremetevo“ aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan edi. 

Qo‘nish chog‘ida samolyot dvigatellari yonib ketgan va bortdagi 78 kishidan 41 nafari halok bo‘lgan. 

Hodisa yuzasidan boshlangan tergov-surishtiruvga ko‘ra, aviahalokatni uchuvchilar, dispetcherlar va texnik ko‘rik o‘tkazuvchilarning malakasizligi, samolyotning nosozligi, noqulay ob-havo sharoiti kabi omillar keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin.