Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MOQda "Toshkent-2025"ga tayyorgarlik muhokama qilindi
23:29 / 2021-10-04

Osiyo olimpiya kengashi bilan kelishuvga binoan 2025 yilning may oyida Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi belgilangan.

Mamlakatimizda qit’aning eng iqtidorli yosh sportchilari kuch sinashadigan ushbu musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha reja asosida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bugun 4 oktyabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida IV yozgi Osiyo o‘yinlari uchun yangidan barpo qilinishi rejalashtirilgan majmualar va dasturga kiritiladigan sport turlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Ta’kidlash lozimki, “Toshkent-2025” Osiyo o‘yinlari dasturiga 20 dan ortiq sport turining kiritilishi belgilangan.

Yig‘ilishda MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov, “Toshkent-2025” direksiyasi direktori Oybek Qosimov hamda o‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan tegishli mutaxassislar ishtirok etishdi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Yig‘ilishda Toshkent viloyatining Qibray tumanida barpo etilishi ko‘zda tutilgan Olimpiya shaharchasida sport majmualari uchun ajratilgan maydon, dasturga kiritiladigan sport turlarining hozirgi holati haqida ma’lumot berildi.

Munozaralar davomida qurilajak sport ob’ektlari bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan o‘rnatilgan tartibda kelishuvga erishish, qit’a o‘yinlari dasturiga kiritiladigan sport turlari xususida yakuniy xulosaga kelish borasida fikrlar bildirildi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA