Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MOQda tahlil: Kurashchi va bokschilarimizga alohida rahmat, boshqalarga esa...
12:20 / 2018-11-02

Sport kurshlari va eshkak eshuvchilarimiz oʻz imkoniyatlarini toʻliq namoyon eta olishmadi.


Sport kurshlari va eshkak eshuvchilarimiz oʻz imkoniyatlarini toʻliq namoyon eta olishmadi.

Kecha Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston Prezidenti adminstratsiyasi vakillari,sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari rahbarlari, murabbiylar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda sportchilarimizning ortda qolgan kompleks musobaqalari - Jakarta va Palembang shaharlari mezbonlik qilgan Osiyo oʻyinlari hamda Buenos-Ayresda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar Olimpiadasidagi sportchilarimiz ishtiroki tahlil qilindi. 

Mazkur ikki yirik kompleks musobaqalarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etganligi, sportchilarimiz oʻyinlar davomida medallar soni boʻyicha ham, sifati boʻyicha ham rekordlarni yangilay olganligi bilan birga musobaqalarga qay tarzda tayyorgarlik koʻrilganligi-yu, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlardan kelib chiqib yanada koʻproq ijobiy natijalar qoʻlga kiritish imkoni boʻlganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, sport kurashlari boʻyicha Shavkatov, Tasmuradov, Nalgiyev kabi sportchilarimizning shohsupadan joy olishlari kutilganligi, hamyurtlarimiz raqiblaridan taktik va jismoniy tomonlama kuchli boʻlsalarda, imkoniyatni boy berib qoʻyganliklari qayd etildi. Shuningdek, eshkak eshuvchilarimiz ham oʻz imkoniyatlarini toʻliq namoyon eta olganlari yoʻq. Hal qiluvchi pallada sportchilarimiz milisekundlar hisobiga oltin medallardan quruq qolishgani, bu esa oʻz navbatida nimaning hisobiga sodir boʻlgani muhokama qilindi.

Dzyudochilarimiz bilan ruxiyat masalasida ish olib borish lozimligi, shuningdek, terma jamoada avlodlar almashinuvi amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Polvonlarimiz mashgʻulotlar vaqtida ajoyib harakat qiladilar. Ammo, xalqaro musobaqalarda ularning ishtirokini koʻrar ekansiz, xuddi boshqa bir sportchi gilamga chiqqandek tasavvur uygʻonadi. Bu albatta ruxiyat bilan bogʻliq masaladir. Bu birgina dzyudoda uchrayotgan muammo emas. Ana shuni inobatga olgan holda 2019 yildan boshlab sport federatsiyalarida malakali sport psixologlari ish boshlashi aytildi.

Suzish boʻyicha oʻyinlarda ishtirok etgan sportchilarimiz umuman medal qoʻlga kirita olmaganligi haqida soʻz borar ekan, bunga sabab sifatida murabbiylar ishni professional tarzda yoʻlga qoʻya olmayotganligi, rejaga koʻra, yaqin orada suzish boʻyicha terma jamoamizda xorijdan malakali mutaxassislar ish boshlashi, bu borada muzokaralar olib borilayotgani maʼlum qilindi.

Taekvondochilarimiz esa Osiyo oʻyinlarida kutilganidan muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ammo, ishongan sportchimiz Dmitriy Shokin oltin medal uchun kechgan bahsda jahon reytingida kuchli elliktalikka ham kirmaydigan eronlik raqibiga magʻlub boʻlganiga eʼtibor qaratildi. Finalda u raqibi tomon hujum uyushtirmagani alohida qayd etib oʻtildi.

Shuningdek, gimnastika, oʻq otish, karate, qilichbozlik, yengil atletika boʻyicha boʻlib oʻtgan bellashuvlarda oʻzbekistonlik sportchilarning ishtiroki ham tahlil qilindi. Osiyo oʻyinlarida oltita oltin medal qoʻlga kiritgan kurashchilarimizga esa alohida minnatdorchilik bildirildi. Shuningdek, bokschilarimizning natijalari ham alohida eʼtirof etildi.

Yigʻilish davomida erishilgan natijalar bilan toʻxtab qolmaslik lozimligi qayd etib oʻtildi. Endilikda Milliy olimpiya qoʻmitasi viloyatlar boʻylab seleksiya ishlarini keng miqyosida olib borishi, mahalliy hokimiyatlar bilan birgalikda turli musobaqalar tashkil qilinishi va terma jamoa murabbiylariga iqtidorli sportchilarni saralab olishiga sharoitlar yaratilishi alohida qayd etildi.