French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MOQ rahbaridan jahon chempionati g‘olibiga qutlov
15:11 / 2019-06-04

Xabaringiz bor, shu kunlarda Fiji orollarining Suva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.


Xabaringiz bor, shu kunlarda Fiji orollarining Suva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi sharafini ikki nafar atletimiz – Adhamjon Ergashev hamda Akbar Jo‘raev himoya qilishi haqida xabar bergandik. Ulardan dastlabkisi, 67 kg.gacha vazn toifasida supachaga chiqqan hamyurtimiz Adhamjon Ergashev jahon chempionatining uchta oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Bu bilan sportchimiz 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi. E’tiborli jihati, Adhamjon ketma-ket ikkinchi marotaba jahon birinchiligida o‘z vazn toifasida dunyoda tengsiz ekanligini isbotladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan sportchimizga tabrik yo‘llandi.

“Fijida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidagi bu ulkan g‘alabangiz Prezidentimiz Shavkat Mirziyov alohida ta’kidlaganidek, yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga, mamlakatni dunyoga tanitishga, barcha yurtdoshlarimizga g‘urur va iftixor bag‘ishlashiga xizmat qilishi shubhasizdir.

Fursatdan foydalanib, Siz kabi polvon yigitlarni tarbiyalayotgan ota-onangizga, ustozlaringizga va albatta O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga minnatdorchilik izhor etamiz”, deyiladi tabrikda.

Og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda va oldinda yana bir vakilimiz, 109 kg.gacha vazn toifasida Akbar Jo‘raev ham o‘z omadini sinab ko‘radi. Umid qilamizki, Jo‘raev ham jahon chempionatida vatanimiz bayrog‘ini yuqori ko‘taradi.