Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Moody's»  agentligi “O‘zmilliybank” AJ kredit reytingini  “Ва3” darajasida tasdiqladi
15:02 / 2023-10-04

              “Moody’s Investors Service” xalqaro reyting agentligi (keyingi o‘rinlarda – “Moody’s”) “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi o‘rinlarda – “O‘zmilliybank” AJ) ning kredit reytingini “Ва3” darajasida "Barqaror" prognozi bilan tasdiqladi. Ushbu ko‘rsatkich bank faoliyati transformatsiyasining muvaffaqiyati va bank moliyaviy operatsiyalari ishonchliligining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.

“Moody’s”  agentligining tahliliy hisobotiga ko‘ra, “O‘zmilliybank” AJning kreditga layoqatliligi keyingi 12–18 oy davomida barqaror darajada saqlanib qoladi. Reyting agentligining “O‘zmilliybank” AJ reytingini saqlab qolish to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar deb quyidagilar qayd etildi:

  • bankning moliyaviy holatining ishonchliligini kafolatlovchi kapitalning yetarlilik darajasining yuqoriligi;
  • 2022 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha bank sof foydasining o‘sishi, shu jumladan, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish va kredit xarajatlarini kamaytirish orqali;
  • bankning davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishi.

               Reyting agentligi, bankning ekologik, ijtimoiy va boshqaruv bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini (ESG – Environmental, Social, Governance relevance ball) yuqori 3-darajada baholadi. Bu esa bankning yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga, uglerod chiqindilarini kamaytirish va toza energiya manbalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan loyihalarni kreditlashda ijobiy dinamikani tasdiqlaydi. Shuningdek, bu ko‘rsatkich ESG  masalalari o‘z tabiatiga ko‘ra yoki ularni boshqarish yo‘liga qarab bank kreditiga nisbatan neytral ekanligini yoki bankka minimal kredit ta’sir etishini bildiradi.                

“Moody’s”

 tomonidan “O‘zmilliybank” AJ kredit reytingining  bunday yuqori “Вa3” darajada tasdiqlanishi,  bankning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligi, shuningdek, uning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishda ahamiyatga ega investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish jarayonlarida  muhim o‘rin tutishidan dalolat beradi.

 

“O‘zmilliybank” AJ

Matbuot xizmati