Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Monopoliyaning oldini olish, raqobat muhitini yaratishga oid me’yorlar belgilanmoqda
17:16 / 2022-08-15

Eng rivojlangan davlatlar taraqqiyotida raqobat sharoitining mavjudligi alohida o‘rin tutadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun loyihasining maqsadi iqtisodiy faoliyat erkinligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarning erkin harakatlanishi, raqobat muhitini himoya qilish va tovar, moliyaviy va raqamli bozorlarning samarali ishlashi uchun sharoit yaratishdan iborat.

— Aksariyat mamlakatlarda imtiyoz va preferensiyalar ko‘rinishidagi davlat yordami qonun, avvalo, monopoliyaga qarshi qonunchilik bilan tartibga solinadi, — dedi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyev. — Mamlakatimizda esa amaldagi qonunchilikda imtiyoz va preferensiyalar berishning maqsadga muvofiqligi uchun aniq va oshkora mexanizmlari nazarda tutilmagan. 

Shuningdek, davlat mulki va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni boshqarish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida aniq ko‘rsatmalarning mavjud emasligi, dalillarga asoslangan siyosat yuritishning yo‘qligi davlat statistik ma’lumotlarining buzilishi va davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki darajasini aniqlashda muayyan qiyinchiliklarga olib keladi. Natijada bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga davlat tomonidan imtiyoz va preferensiyalar berishning aniq va oshkora mexanizmlari hamda iqtisodiyotda davlat ishtirokining aniq maqsadlarini belgilashni taqozo etadi. 

Shu bilan birga, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonuniy javobgarlikning samarasizligi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ushbu sohadagi qonunchilik normalarining ko‘plab va takroriy buzilishiga olib keladi va ushbu huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning samarali usullaridan foydalanishga imkon bermaydi. «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun loyihasida aks etayotgan normalar tovarlarning erkin harakatlanishi, raqobat muhitini himoya qilish va tovar, moliyaviy va raqamli bozorlarning samarali ishlashi uchun sharoit yaratishga qaratilgan. 

bugungi kunda monopoliyaga qarshi turli e’tirozlar, fikrlar mavjud. Mazkur qonun loyihasida monopoliyaning oldini olish va raqobat muhitini yaratish borasida qator me’yorlar belgilanmoqda. Raqobat muhiti yaratilsa, har bir sohada rivojlanish bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan eng muhim va dolzarb qonun loyihasi hisoblanadi, — dedi ma’ruzachi.

Muhokamalar davomida fraksiya a’zolari qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, ko‘plab asosli takliflarni ilgari surdi. Qizg‘in muhokama va savol-javoblardan so‘ng, qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 38-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida «Xalqchil davlat» milliy dasturi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» loyihasi muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, milliy dastur davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish qamrovi va sifatini oshirish hamda takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Dastur idoraviy hujjatlarni keskin qisqartirib, fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltiradi.

Ammo «Xalqchil davlat» milliy dasturida uni amalga oshirish prinsiplari, tartiblari belgilanmagan, asosiy tushunchalar ochib berilmagan. Shu bois mazkur dasturni qayta ishlash, pishiq holga keltirish lozim, deb topildi.

Fraksiya a’zolari yig‘ilish kun tartibidagi boshqa qonun loyihalarini ham muhokama qilib, o‘z takliflarini, tavsiyalarini bildirdilar.

Muhtarama Komilova, O‘zA