Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Monopol mahsulotlarni sotish tartiblari qanday?
17:40 / 2021-12-02

Andijon shahridagi Yoshlar markazida monopoliyaga qarshi kurashish, monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2021 yil 17 martdagi «Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda paxtachilik klasterlari, yog‘ moy va sement ishlab chiqaruvchi korxonalari hamda viloyat tovar xom ashyo birjasi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat inspeksiyasi vakillari ishtirok etdi.

[gallery-4908]

O‘quv-seminarda mavzu doirasida ma’ruzalar o‘qildi. Davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan qarori ijrosi, birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama etildi.

Ishtirokchilar, mutasaddilar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarning sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. Yakunda qaror ijrosi doirasida kelgusida qilinadigan muhim ishlar belgilab olindi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA