Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Monomarkaz xalqaro forum ishtirokchilariga manzur bo‘ldi
20:18 / 2023-05-19

Poytaxtimizda o‘tkazilgan “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni hayotga tatbiq etish” mavzusidagi II xalqaro forum qatnashchilari 19 may kuni Samarqandda bo‘ldi.

Mehmonlarga viloyatda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkaziga sayohat tashkil etilib, bu yerda kasb-hunar o‘rganuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

– Qisqa muddatda ishsiz aholiga, ayniqsa, xotin-qizlarga hunar o‘rgatib, ish bilan ta’minlashda bu kabi markazlar faoliyati juda muhim, – deydi pokistonlik ekspert Zulfiqor Ahmad. – Xususan, mamlakatingizda mavjud, dunyodagi noyob tuzilmalardan hisoblangan mahalla institutida bu tajriba o‘z samarasini beradi. Qolaversa, markazda ish beruvchilarning talabi asosida yo‘nalishlar tashkil etilayotgani e’tiborli. Shu bilan birga, sohaning bugungi muhim bir talabini ham aytib o‘tishim kerak. Bugun har bir sohada axborotning o‘rni ortib boryapti. Kasb-hunarga o‘qitishda ham aynan mana shu jihatga ko‘proq e’tibor qaratish lozim, deb o‘ylayman.

[gallery-11958]

Xalqaro ekspertlar markaz o‘qituvchilari bilan fikr almashib, o‘z tajribalari haqida so‘zlab berdi. Markaz tinglovchilari esa sohaning yetuk mutaxassislaridan maslahatlar oldi. Mehmonlar Samarqand tumanidagi “Konigil turizm qishlog‘i”da ham bo‘lib, hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan kishilar, shu orqali daromad topayotgan oilalar vakillari faoliyati bilan tanishdi.

Forum qatnashchilari Samarqandga safari davomida xalqaro turizm markazi hamda shahardagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni tomosha qildi.

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA