Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MONITORING. Respublika turizm markazi — Buxoro viloyatining 91 foiz ichki yoʻllari qarovsiz...
00:18 / 2020-02-21

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan ichki xoʻjalik avtomobil yoʻllari holati oʻrganildi.


Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan ichki xoʻjalik avtomobil yoʻllari holati oʻrganildi.

Zamonaviy jamiyat jadallik bilan rivojlanmoqda. Bu esa fuqaro muammolarining aktuallik darajasining oʻzgarishiga olib kelyapti. Ammo shunday muammo borki, buning dolzarbligi bir necha yillardan buyon davom etib kelmoqda. Bu – yoʻllar muammosi.

Yaqinda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamkorlikda yurtimizning barcha hududlaridagi ichki yoʻllar tizimi boʻyicha monitoring oʻtkazdi. Kun tartibi boʻyicha dastlab Buxoro viloyati ichki yoʻllari oʻrganildi. Natijalar esa hayron qolarli darajada.

Unga koʻra, Buxoro viloyati tumanlarining umumiy ichki xoʻjalik avtomobil yoʻllari 10717,3 kilometrni tashkil qilib, 2019-yilning oxiriga qadar 922, 4 kilometrga asfalt va shagʻal yotqizilgan, yaʼni 9 foiziga. Ammo 91 foiz yoʻllar esa yillar davomida qarovsiz holatda ekanligi aniqlandi...

Turizm shahar hisoblangan koʻhna Buxoroga boʻlgan eʼtibor shu darajadami?

Bizning jahon miqyosidagi imijimizga bu holat taʼsir qilmaydimi?

Nahotki bu holat masʼullar eʼtiboridan chetda qolgan boʻlsa?

Oʻzi bunga kim masʼul?

Yuqoridagi kabi haqli savollar barchada tugʻilishi tayin.

Maʼlum boʻlishicha, bunga “Obodonlashtirish boshqarmasi” javobgar. Bu tashkilotning asosiy vazifasi hududdagi transport qatnaydigan koʻchalardagi yoʻl va yoʻlaklarni taʼmirlash, yoʻllarning holatini talab darajasiga keltirish hamda aholiga yoʻllardan foydalanishda qulayliklar yaratishdan iborat. Ammo yuqoridagi achinarli faktdan keyin, “bular oʻzi vazifasidan xabardormi?” degan savol beixtiyor xayolga keladi.

Nima boʻlganda ham xulosani oʻzingizga havola qilamiz.