Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Space Technology Conference STC-2022» xalqaro konferensiyasi qizg‘in davom etmoqda.
Konferensiya davomida tegishli vazirlik va idora rahbarlarining xorijiy hamkor ekspertlar bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ham bir nechta yetakchi xorijiy kompaniya vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, MonacoSat kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Ilhami Aygun bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani alohida e’tirof etildi.
Turkmanistonning “MonacoSat” kompaniyasi Fransiyaning Thales Alenia Space[ kompaniyasi tomonidan Speybus sun’iy yo‘ldosh platformasi asosida qurilgan birinchi turkman aloqa sun’iy yo‘ldoshi hisoblanadi. Uni uchirish 2015 yilning 27 aprelida mahalliy vaqt bilan Kanaveral burnidan amalga oshirilgan. Sun’iy yo‘ldosh geostatsionar orbitada Yer yuzasidan 35 ming 786 kilometr balandlikda joylashgan. Sun’iy yo‘ldosh Markaziy Osiyoning katta qismini va Yevropaning bir qismini qamrab oladi.
Uchrashuvda AKT sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni safarbar etish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda amalga oshirishni rejalashtirilayotgan faoliyati hamda ularni amalga oshirish va hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
G.Sattorova, O‘zA